Telegram Bot
Uzbek Психология.@psixologiy
Психология. ADMINLAR:?

@SHAXDIAS

@Kamron_bek

?Hamkor kanallarimiz:

@DILNOTINCH

@MODA_DIZAYN

Reklama pullik?
1 soat - 35.000 so'm
1 kun - 50.000 so'm
1 xafta - 150.000 so'm
HashFlare
Information
35 455
members
10.38%
10
publications
~ 9 051
views per week
~ 13 489
views per month
  • 806
    in this channel
  • 21
    from this channel
  • 15
    forwarded channels

5,00 / 5

Channel rating
Rates: 1
Channel statistics
Show
Publications Last 10 publications
January 21, 2017 12:46
This publication contains an image.
Хамма эркак МАРД бу'лганда эди...
Ку'чада ЁМОН қизлар ку'паймасди..!
Агар хамма қизлар Ақилли бу'лганда эди
Ку'чада НОМАРД эркаклар ку'паймасди.
© @PSIXOLOGIY 🖊
January 3, 2017 16:58
January 3, 2017 16:58
@PSIXOLOGIY
December 13, 2016 06:26
Davomi ⏬⏬⏬
@PSIXOLOGIY


🗣 DANGASALIK QILMANG 🚶

Uzoq ikkilanmang, aks holda yo‘q joydan muammolarni orttirasiz. Vaziyatni baholang va hal qiluvchi harakatni qo‘llang. Qarshilik qilishni rad etgan narsani o‘zgartira olmaysiz. Istalgan taraqqiyot xavf xatar, tahlika bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu yerda ketma-ketlik muhim. Siz savod chiqarmaguncha o‘qiy olmaysiz.


🗣 TAYYOR EMASMAN DEB O'YLAYVERMANG 🚶

Hech kim va hech qachon o‘zini u yoki bu narsaga 💯foiz tayyorlangan holatda his qilmaydi. Aksariyat muhim imkoniyatlar o‘z qulayligimizdan chegaraga chiqishga majbur qiladi, demak biz noqulaylikni his qilamiz.


🗣 NOTO'G'RI SABABLAR BO'YICHA MUNOSABATLARNI CHO'ZMANG 🚶

Ularni aql bilan yo‘lga qo‘yish kerak. Yomon jamoada bo‘lgandan ko‘ra yolg‘iz bo‘lgan ma’qul. Tanlovda shoshilish yaramaydi. Agar nimadir sodir bo‘lishi kerak bo‘lsa, u kerakli vaqtda, kerakli inson bilan va eng yaxshi sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi. O‘zingizni yolg‘iz his etganda emas, balki tayyor bo‘lganingizda sevgiga g‘arq bo‘ling.


🗣 ESKI MUNOSABATLAR IZDAN CHIQQANI UCHIN YANGI ALOQALARDAN VOZ KECHAVERMANG 🚶

Kimni uchratishingizdan qat’iy nazar barchaning o‘z maqsadlari bo‘ladi. Kimdir sizni tekshiradi, kimdir esa foydalanadi, allakimlar nimagadir o‘rgatishadi. Ulardan ba’zilarigina siz uchun eng yaxshi bo‘lib qoladi.


🗣 BOSHQALAR BILAN RAQOBAT QILAVERMANG 🚶

O‘zgalar sizga nisbatan omadli ekanligidan xafa bo‘lmang. Har kunlik shaxsiy muvaffaqiyatlarga diqqatni qarating. Ikkalangiz, o‘zingiz bilan o‘zligingiz o‘rtasidagi kurashda g‘oliblikka intiling.


🗣 HASAD QILAMANG 🚶

Hasad — bu o‘zingizning emas, birovlarning baxt-saodatini chamalash san’ati. O‘zingizdan “Menda har bir odam istaydigan nima bor?”, deb so‘rang.


🗣 SHIKOYAT QILISH VA O'ZINGIZNI AYASHGA CHEK QO'YING 🚶

Hayot sizni kerakli yo‘nalishga joylashtirish uchun o‘yin toshlarini tashlaydi. Siz sodir bo‘layotgan jarayonlarni ko‘ra olmasligingiz yoki tushunmasligingiz mumkin, bu og‘riqli bo‘ladi. Lekin o‘tmishda sizga yog‘ilgan yomon xotiralarga nazar tashlang. Ular ko‘pincha sizni yutuqqa, muhim insonga, qalb holati yoki vaziyatga olib borgan. Tabassum qiling! Siz kechagidan ko‘ra kuchli inson bo‘lganingizni barcha bilsin.


🗣 XAFAGARVHILIKLAR PAYDO BO'LISHIGA CHEK QO'YING 🚶

Yurakda nafrat bilan umr kechirmang. Bunda nafrat bilan qaraydigan tanishlaringizdan ko‘ra o‘zingizga ziyon yetkazasiz. Kechirish “menga nisbatan qilganlaringiz meni qoniqtiradi” emas, aksincha “Baxtimga chang solishingizga yo‘l qo‘ymayman” degan ma’noni bildiradi. Kechirish — bu qo‘yib yuborishni taklif qilish, xotirjamlikka ega bo‘lish va o‘zingizni halos etishdir. Esda tuting, faqat boshqa insonlarni emas, balki o‘zingizni ham kechirish kerak. Agar bu muhim bo‘lsa, kelgusi safar yaxshiroq uddalash uchun o‘zingizni kechiring va oldinga intiling.



🗣 SIZNI PASTGA URISHLARIGA YO'L
QO'YMANG 🚶

Qadringizni yuqoriga ko‘tarishni istamayotganlarga javoban uni pastga tushirmang.


🗣 TUSHUNTIRISHGA VAQT SARFLAMANG🚶

Do'stlaringiz unga muhtoj emaslar, dushmanlar esa sizga xech qachon ishonishmaydi. O'zingiz to'g'ri deb hisoblagan ishni qiling.

Davomi ⏬⏬⏬
@PSIXOLOGIY
December 13, 2016 04:08
HOZIROQ BAJARISHNI TO'XTATISHINGIZ ZARUR BO'LGAN 3⃣0⃣ MASLAHAT❗️

Hech kimga o‘zgartirish uchun o‘tmishga qaytish imkoniyati berilmagan, ammo har bir odam chiroyli xotima yasash uchun barchasini yangitdan boshlashi mumkin. Bu ayni haqiqat. Lekin, avvalo, sizni to‘xtatishi mumkin bo‘lgan ishlarga barham bering.

Buni quyidagicha boshlash kerak:


🗣 U QADAR YAXSHI BO'LMAGAN INSONLAR BILAN VAQT O'TKAZISHNI TO'XTATING🚶

Sizni batamom suvingizni siqib oladigan bunday kimsalarga sarf etish uchun hayot qisqalik qiladi. Agar kimdir o‘z hayotida bo‘lishingizni istasa, u sizning sharoitingiz haqida g‘amxo‘rlik qiladi. Joy uchun kurashishingiz shart bo‘lmaydi. Doimo qadr-qimmatingizni yerga uradigan insonlarga osilmang.
Esda tuting, haqiqiy do‘stlar — ot ustida bo‘lganingizda sizni qo‘llab-quvvatlaydiganlar emas, balki ishlaringiz yomonlashganda yoningizda qoladiganlardir.


🗣 MUAMMOLARINGIZDAN QOCHISHNI BAS QILING 🚶

Ularni yuzma-yuz qarshi oling. Bu oson bo‘lmaydi. Dunyoda zarbani a’lo darajada qabul qiladigan mavjudotning o‘zi yo‘q. Bizdan hamma muammolarni darhol hal qilish talab qilinmaydi. Biz shunchaki o‘zgacha yaratilganmiz. Xafa bo‘lish, tartibsiz holatga tushish, og‘riqni his qilish, hatto yiqilishga moyilmiz. Bu hayotning mazmuni muammolarga duch kelamiz, ularga o‘rganamiz, moslashamiz va oxirida ularni hal qilamiz. Bu narsa bizni insonga aylantiradi.



🗣 O‘ZINGIZNI ALDASHNI BAS QILING🚶

Istagan odamni aldashingiz mumkin, lekin o‘zingizni emas! O‘zimizga tavakkal qilganimizda, hayotimiz yaxshilana boshlaydi. Birinchi eng qiyin vazifamiz — o‘zimiz bilan samimiy bo‘lishdir.



🗣 EXTIYOJLARINGIZNI ORQAGA TASHLASHNI TO'XTATING🚶

Biron insonga sevgisini bag‘ishlab, o‘zligini va o‘z istaklarini unutish eng qo‘rqinchli ishdir. Yo‘q, boshqalarni tashlab qo‘ymang, lekin o‘zingizga ham yordam bering. O‘zingizga quloq solish va o‘zingizga haqiqatdan ham kerak bo‘lgan ishni qilish uchun ma’qul palla bo‘lsa, o‘sha vaqt yetib keldi.



🗣 BOSHQA ODAM BO'LISHGA HARAKAT QILMANG 🚶

Hayotda eng qiyin vazifa bu sizni boshqalarga o‘xshashga majbur qiladigan o'ylar bilan kurashishdir. Kimdir doim chiroyli bo‘lib yuradi, kimdir aqlli, kimdir esa doim yosh ko‘rinadi, lekin ular hech qachon siz bo‘la olishmaydi. Odamlarning quvonchi uchun o‘zingizni o‘zgartirmang. O‘zingiz bilan bo‘ling, sizga haqiqatdan ham kerakli bo‘lgan insonlar boringizcha sevishadi.



🗣 O‘TMISHNI QO'YIB YUBORING🚶

O‘tgan ishlarni qayta-qayta o‘qiverar ekansiz, siz hayotingizda yangi faslni boshlay olmaysiz.



🗣 XATOLARDAN QO'RQMANG🚶

Nimadir qilib, xatoga yo‘lga qo‘yish hech narsa qilmagandan ko‘ra 🔟 karra samarali. Har bir yutuq zamirida muvaffaqiyatsizlikning izlari bo‘ladi, har bir omadsizlik esa yutuqqa eltadi. Yakuniy natijada siz qilgandan ko‘ra qilmaganlaringizga ko‘proq achinasiz.


🗣 O‘TGAN XATOLAR UCHUN O'ZINGIZNI KOYIMANG🚶

Nomunosib insonni sevib, o‘z xatolarimiz uchun yig‘lashimiz mumkin. Faqat shu narsa yaxshi insonlar va kerakli buyumlarni topishimizga yordam beradi. Biz hammamiz xatolar qilamiz, kurashamiz va hatto o‘tgan xatolar uchun yig‘laymiz. Xatolaringiz va ularga qarshi kurashuvchanligingiz emas, balki siz bu yerda va hozir o‘z kuningiz va kelajagingizni boshlash imkoniga egasiz. Hayotingizda nima sodir bo‘lmasin, kelgusida yana bir qadamni tashlashingizga tayyorlaydi.



🗣 BAXTNI SOTIB OLISHGA URINMANG🚶

Ko‘pincha biz istaganlarimiz qimmat turadi. Haqiqat shundaki, bizni baxtli qiladigan narsalar sevgi, kulgu va his-tuyg‘ularimiz, bularning bari mutlaqo bepul.



🗣 BAXTLI BO'LISH UCHUN KIMNIDIR QIDIRMANG 🚶

Agar siz o‘zingiz, o‘z shaxsiyatingizdan norozi bo‘lsangiz, kimdir bilan uzoq muddatli munosabatlar sizni baxtli qilmaydi. Yana kimdir bilan umringizni bo‘lishishdan avval hayotingizda barqarorlikni yarating.

Davomi⬇️⬇️⬇️
@PSIXOLOGIY
October 14, 2016 15:04
Halos et taronasi
Rayxon ijrosida
Premera @psixologiy
June 30, 2016 09:00
This publication contains an image.
Ko'zlardan birini tanlang va
ONGINGIZDA YASHIRIN, O'ZINGIZ HAM BILMAGAN XARAKTERLARINGIZ❗️Batafsil bizda Bu juda qiziq😉

@psixologiy
Publications of channel
Go to full channel publications archive
Get it on Google Play